Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Chirchiqda erkak o‘zi ishlayotgan binodan tushib ketib, halok bo‘ldi

Chirchiqda erkak o‘zi ishlayotgan binodan tushib ketib, halok bo‘ldi

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida erkak o‘zi ishlayotgan binodan tushib ketib halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, fuqaro Namangan viloyati, Chortoq tumani, Ko‘shan QFY, “Chorsu” MFY, Ulug‘bek ko‘chasi raqamsiz uyda yashagan. U 8 iyun kuni o‘z mehnat kelishuvi asosida ishchi bo‘lib ishlab kelayotgan Chirchiq shahar, Gulyayeva ko‘chasi, 2-uyda joylashgan MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli binoning uchinchi qavatida ish jarayonida deraza qismidan tushib ketgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, fuqaro A.Mamadaliyev vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:30 09.06.2023. O'qildi: 2331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!