«Toshshahartransxizmat» AJ tasarrufidagi «Toshavtobustrans» MCHJ tomonidan 20 dona «Ford» rusumli zamonaviy mikroavtobus xarid qilindi.
Prezident qaroriga muvofiq, «Chinorkent–Yusufxona–Chimyon–Amirsoy» yo‘nalishida yangi yo‘lovchi tashish tizimi joriy etilmoqda. Tog‘li hududlar sharoitini inobatga olib, maxsus sinov qatnovlari o‘tkazildi va natijada «Ford» mikroavtobuslari xavfsizlik, ishonchlilik va qulaylik bo‘yicha eng maqbul transport vositasi sifatida tanlandi.
Yangi transport vositalari hudud aholisi hamda Chinorkent, Chimyon va Amirsoyga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatadi. Mazkur loyiha viloyatda ekoturizmni rivojlantirish va hududlar o‘rtasidagi transport bog‘liqligini mustahkamlashga xizmat qiladi.