Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

“Chimyon” sihatgohida yong‘in kelib chiqdi

A A A
“Chimyon” sihatgohida yong‘in kelib chiqdi

Farg‘ona tumanida joylashgan “Chimyon chashmasi” sihatgohi binosida kelib chiqqan yong‘in natijasida 500 metr kvadrat maydon yongan. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aytilishicha, yong‘in 21 avgust kuni 18:13 da kelib chiqqan va soat 19:30 da bartaraf etilgan

Bu uchun 12 ta maxsus texnika jalb qilingan va binoning 4500 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in binoning tom qismida quyosh paneli o‘rnatish vaqtida payvandchilarning texnik xatosi ortidan tez yonuvchi qoplamalarga o‘t ketishidan kelib chiqqan, deyiladi vazirlik axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, yong‘in oqibatida vafot etgan yoki tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Kiritildi: 22:10 18.09.2024. O'qildi: 1276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!