Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 15 mart kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, ta’mirlash ishlari sababli ertaga Chilonzor tumanining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi, “Novza” metro bekati yonidagi, o‘rta bosimli yerosti d-89 mmli gaz quvurida va Chilonzor mavzesidagi “Metro market” binosi yonidan o‘tgan, o‘rta bosimli yerosti d-57 mmli gaz quvuridan gaz sizib chiqishi aniqlangan.
Holatni bartaraf qilish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu tufayli 15 mart kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Shundan aholi iste’molchilari:
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘rgan.