Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Chilonzor metrosi atrofida nega kalamushlar ko‘paygani aytildi

Chilonzor metrosi atrofida nega kalamushlar ko‘paygani aytildi

Bugun ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarning birida Chilonzor tumani Chilonzor metro bekati yaqinida kalamushlarning yurgani aks etgan video xabar tarqaldi.

Ushbu holatga nisbatan Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki, videodagi holat bo‘yicha Chilonzor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Videodagi holatning kelib chiqishiga fuqarolar tomonidan chiqindilarni maxsus joylarga tashlamaslik sabab bo‘lgan va buning oqibatida zararkunandalarning ko‘payishiga zamin yaratilmoqda.

Qayd etish joizki, ushbu hududda dezinfektorlar tomonidan deratizasiya (kemiruvchilarga qarshi zararsizlantirish) hamda dezinseksiya ishlari amalga oshirildi.

Kiritildi: 17:46 10.07.2024. O'qildi: 1234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!