Chili janubidagi o‘rmon yong‘inlari natijasida kamida 19 kishi halok bo‘ldi.
Ichki ishlar vaziri Alvaro Elisalde bu haqda Milliy tabiiy ofatlarni boshqarish xizmati matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Bugungi kunga kelib, bizda 19 kishi halok bo‘lgani haqida ma’lumot bor va 630 kishi vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirildi", dedi u.
Yong‘inlar kamida 325 ta uyni vayron qildi. Jabrlangan aholi soni 1500 dan ortiq deb taxmin qilinmoqda. Bir nechta jamoalarda evakuasiya buyurilgan. Chili Milliy o‘rmon korporasiyasi dushanba kuni kechqurungacha o‘t o‘chiruvchilar hali ham 31 ta yong‘inga qarshi kurashayotganini, jami 32 600 gektardan ortiq maydon yonib ketganini ma’lum qildi.
Kuchli yong‘inlar 17 yanvar kuni quruq va issiq ob-havo sharoitida boshlangan. Eng jiddiy yong‘inlar favqulodda holat e’lon qilingan Bio-Bio va Nevble hududlarida qayd etilgan.