Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Chili prezidenti: Netanyaxu urush jinoyatchisi

Chili prezidenti: Netanyaxu urush jinoyatchisi

Chili prezidenti Gabriyel Borich isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni “harbiy jinoyatchi” deb ochiq aytdi va G‘azodagi genosidni to‘xtatishga chaqirdi.

Borichning ta’kidlashicha, Netanyaxu hukumatining G‘azodagi harakatlari "insoniyatga qarshi jinoyat" bo‘lib, bularni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

U o‘tgan oy Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan G20 sammitidagi ishtiroki chog‘ida inson huquqlarini qo‘llashda ikki tomonlama standartlar (ikkiyuzlamachilik) masalasini ko‘targanini qo‘shimcha qilib, shunday dedi: “Inson huquqlariga ko‘z yumib, inson huquqlari haqida gapirish qiyin. G‘azoda genosid sodir bo‘lmoqda. Insoniyatning himoyasi yarim choralarga toqat qilmaydi".

Borich Netanyaxuni harbiy jinoyatchi deb atashi birinchi marta emas. Iyun oyida Chili prezidenti Shveytsariyadagi Ukraina tinchlik sammitida ham Netanyaxuni harbiy jinoyatchi deb atagan edi.

Sentyabr oyida Chili Janubiy Afrikaning isroilni G‘azoda genosid sodir etishda ayblagan Xalqaro sudida (ICJ) isroilga qarshi ishiga qo‘shildi.

Kiritildi: 22:00 22.12.2024. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!