Chexiya yong‘in-qutqaruv xizmatining xabar berishicha, mamlakat sharqidagi Borjini aholi punkti yaqinida joylashgan Policske strojirny kompaniyasiga tegishli o‘q-dori omborida soat 09:00 da portlash sodir bo‘lgan. Hodisa joyida favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda, odamlar evakuasiya qilindi. Bir nafar jabrlanuvchi haqida ma’lumot bor.
Polisiyaning dastlabki xulosasi portlashga texnologik jarayonning buzilishi sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ombor yirik kalibrli o‘q-dorilar ishlab chiqaradigan STV Invest kompaniyasiga tegishli bo‘lib, uning mahsulotlari Ukrainada ham qo‘llaniladi. Shuningdek, kompaniya harbiy texnikalarni ta’mirlash va ehtiyot qismlar yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.