2024 yilda Chexiyada qo‘lga olingan noqonuniy qochqinlar soni o‘tgan yilga nisbatan 90 foizga kamaydi.
Bu haqda ČTK axborot agentligi xabar bermoqda.
2024 yilda respublikada 420 nafar noqonuniy qochqin qo‘lga olingan. Ularning aksariyati G‘arbiy Yevropa davlatlari orqali tranzit o‘tishni maqsad qilgan. Noqonuniy muhojirlar umumiy sonining uchdan ikki qismi Suriya fuqarolari edi.
Shuningdek, qo‘lga olinganlar orasida Turkiya, Afg‘oniston, Efiopiya va Mo‘g‘uliston fuqarolari ham bor. Agentlikning qayd etishicha, ko‘plab qochqinlar soxta hujjatlar taqdim etgan.
Chexiya hukumati qochqinlarning vatanlariga qaytishiga yordam berish dasturini amalga oshirmoqda. 2024 yilda undan 748 kishi foydalangan. 201 nafar muhojir respublikani majburan tark etishga majbur bo‘ldi.