Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Chexiya rossiyaliklarning minglab fuqarolik uchun arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Chexiya rossiyaliklarning minglab fuqarolik uchun arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Ushbu chora Ukrainadan kelgan qochqinlarga vaqtinchalik himoya amal qilayotgan davrga qadar davom etadi.

Chexiya 2 250 rossiyalikning fuqarolik olish bo‘yicha arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatgani haqida Novinky nashriga Chexiya Ichki ishlar vazirligi vakili Gana Mala ma’lum qildi.

Ushbu chora 2025-yil 11-fevralda kuchga kirgan Lex Ukraine qonuni bilan bog‘liq. Arizalarni ko‘rib chiqishni to‘xtatish shu sana oldin fuqarolik uchun murojaat qilganlarga ham taalluqlidir. STAN liberallar partiyasi deputati Martin Eknerning ta’kidlashicha, «Bu chora Ukrainandan kelgan qochqinlarga vaqtinchalik himoya qonuni amal qilayotgan davrga qadar davom etadi». Kelajakda arizalar ko‘rib chiqilishi qayta boshlanganda, rossiyaliklar Chexiya fuqaroligini olish uchun Rossiya fuqaroligidan voz kechishi kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 10:35 21.06.2025. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!