Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Chexiya prezidenti Trampning g‘alabasida demokratiyaning zaifligini ko‘rdi

Chexiya prezidenti Trampning g‘alabasida demokratiyaning zaifligini ko‘rdi

Chexiya prezidenti Petr Pavelning aytishicha, AQShda Donald Tramp g‘alaba qozongan yaqinda o‘tkazilgan saylovlar demokratiya uzoq vaqtdan beri o‘rnatilgan mamlakatlarda ham qanchalik zaif bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Uning so‘zlarini Radio Praga International xabar qilmoqda .

Pavelning so‘zlariga ko‘ra, bu zaifliklar odamlarning kamroq qiziqishi va kam ma’lumotga ega bo‘lishi, shuningdek, manipulyasiya yoki qo‘rqitishga moyilligi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, u Trampning g‘alabasi AQSh bilan munosabatlarning yomonlashishini anglatmasligini ta’kidladi.

«Men u bilan bir necha bor shaxsan uchrashdim, o‘zini qanday tutganini, nima deganini ko‘rdim, saylovoldi tashviqotini qanday olib borayotganini, turli mavzularda qanday fikr bildirishini kuzatdim. U haqida mening fikrim bor, lekin bu muhim emas. U prezident, men prezidentman va har birimiz mamlakatimiz vakilimiz», — ta’kidladi Chexiya prezidenti.

Uning ta’kidlashicha , respublikachilar g‘alabasidan keyingi asosiy savol - u saylovdagi va’dalarini bajara oladimi va Ukrainadagi mojaroni to‘xtata oladimi .

Kiritildi: 03:20 13.11.2024. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!