AQShning J.D. Power tahlil agentligi yana bir bor avtomobillarning sifati baholangan Initial Quality Study (IQS) natijalarini e’lon qildi. Bu haqda "UzAuto Motors” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, reytingda avvalgidek, yangi avtomobillar egalarining xariddan keyingi dastlabki 90 kundagi fikri hisobga olinadi.
Shunday qilib, Chevrolet Equinox, Tahoe, Traverse va Malibu boshqa mashhur brendlarga nisbatan sifat bo‘yicha eng ko‘p ovoz olgan.