Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Chet tillarini bilish xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun keng yo‘l ochadi

Chet tillarini bilish xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun keng yo‘l ochadi

Mehnat migrasiyasi geografiyasini kengaytirish natijasida aniqlangan ish o‘rinlarini to‘ldirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunda, bo‘lajak mehnat migrantlarini kasblarga va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi 32 ta monomarkaz va uning filiallari, 53 ta kasb-hunarga o‘qitish markazi, 13 ta qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlari hamda boshqa turli vazirlik va idoralar, nodavlat ta’lim muassasalari, 10 ta xorijiy hamkorlar bilan tashkil etilgan 48 ta kurslar imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda.

Birgina o‘tgan yilda xorijda ishlash istagida bo‘lgan 58 228 nafar fuqaro chet tillari va kasb-hunarga o‘qishga jalb qilindi. Ulardan 56 692 nafari (30 ga yaqin turdagi) kasblarga, 1 536 nafari (nemis, rus, ingliz, koreys, yapon va boshqa) chet tillari kurslariga yo‘naltirildi.

Shundan, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish kurslariga bugungi kunda 2 mingga yaqin fuqaro o‘qitilmoqda. Ushbu kurslarni tugatgan 324 nafar fuqaro xorijga ishga yuborildi.

Kiritildi: 19:10 09.02.2024. O'qildi: 1180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!