Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Chet tilidan ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi

A A A
Chet tilidan ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi

2023-yil 17-23-iyul kunlari 8 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan chet tilidan ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, imtihonda ishtirok etgan abituriyentlar shaxsiy kabinetidan (abituriyent qayd varaqasining yuqori qismida) o‘z natijalarini bilishlari mumkin.

Bunda abituriyentning har bir bo‘lim bo‘yicha to‘plagan ballari, jami ball, maksimal (120) ballga nisbatan foiz ko‘rsatkichi va OTMlarga kirishda chet tili fanidan beriladigan ball aks etgan.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 3 kun ichida (30-31-iyul va 1-avgust kunlari) my.uzbmb.uz sayti orqali apellasiya shikoyati berishlari mumkin.

Apellasiya shikoyati Apellasiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va talabgor Apellasiya komissiyasi qarori to‘g‘risida my.uzbmb.uz sayti orqali xabardor qilinadi.

Belgilangan muddatdan so‘ng apellasiya shikoyatlari qabul qilinmaydi va apellasiya shikoyatlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Kiritildi: 18:25 29.07.2023. O'qildi: 1927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!