Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Chernobilga sayyohlar kelishi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Chernobilga sayyohlar kelishi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Chernobildagi yopiq hududga joriy yilning 10 oyi davomida 107,6 ming kishi keldi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 74,9 foizga ko‘pdir.

Ukraina yopiq hududni boshqarish bo‘yicha davlat agentligining xabariga ko‘ra, bu yangi rekord hisoblanadi.

Tashrif buyuruvchilarning aksariyati xorijdan – ular qariyb 80 foizni tashkil etadi.

Rekordchi davlatlar - Buyuk Britaniya (15738 kishi), Polsha (9378 kishi), Germaniya (7826 kishi), AQSh (5580 kishi), Chexiya (4063 kishi).

Agentlikning qayd etishicha, sayyohlar tashrifi o‘sishi bahorda boshlangan va bunga HBO kompaniyasining "Chernobil" mini-seriali, "elektron chipta" tizimining joriy etilishi, qo‘shimcha infratuzilmaning yaratilishi va yangi yo‘nalishlarning ochilishi sabab bo‘lgan.

 

Kiritildi: 16:45 02.11.2019. O'qildi: 2257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!