Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Chempionlar ligasi. "Real" Mourinyo jamoasini kichik hisobda mag‘lub etdi

Chempionlar ligasi. "Real" Mourinyo jamoasini kichik hisobda mag‘lub etdi

Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi pley-off bosqichi doirasidagi «Benfika» va Madridning «Real» jamoalari o‘rtasidagi ilk uchrashuv yakunlandi. Lissabondagi «Da Lush» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsni bosh hakam Fransua Leteksye boshqarib bordi. O‘yin «qaymoqranglilar»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yinning 50-daqiqasida «qirollik klubi» vingeri Vinisius Junior uchrashuvdagi yagona golni kiritdi.

«Real» va «Benfika» o‘rtasidagi javob o‘yini 25 fevral kuni Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra, Lissabon jamoasi 9 ochko bilan 24-o‘rinni, Madrid klubi esa 15 ochko bilan 9-o‘rinni egallagan edi.

Evropa Chempionlar ligasi, O‘tish o‘yini

«Benfika» (Portugaliya) — «Real» (Ispaniya) — 0:1

Gol: Vinisius Junior, 50 (0:1).

«Benfika»: Trubin, Dal, Otamendi, Arauju, Dedich, Barreyru, Eursnes (Lopesh Kabral, 80), Shelderup (Sudakov, 74), Rafa Silva (Rios, 74), Prestianni (Lukebakio, 81), Pavlidis.

«Real»: Kurtua, Karreras (Karvaxal, 90), Xeysen, Ryudiger, Aleksandr-Arnold, Kamavinga (Pitarch, 90), Tshuameni, Arda Gyuler (Dias, 86), Valverde, Vinisius Junior, Mbappe.

Ogohlantirishlar: Prestianni, 78. Sudakov, 90 — Vinisius Junior, 51. Mbappe, 87.

Kiritildi: Bugun 04:15. O'qildi: 296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!