Jeneva shahrida Rossiya, Ukraina va AQSh delegasiyalari o‘rtasida o‘tayotgan uch tomonlama muzokaralar rus va ingliz tillarida olib borilmoqda. Bu haqda RIA Novosti manbalarga tayanib xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshi tegishli savolga javoban muzokaralar “rus va ingliz tillarida” o‘tayotganini ma’lum qilgan.
Ukraina inqirozini hal etishga qaratilgan uchrashuv Jenevadagi InterContinental mehmonxonasida bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya delegasiyasi prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchiligida diplomatik raqamli avtomobillar va polisiya kuzatuvi ostida kelgan.