Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Chempionlar ligasi 1/8 finalida kim kimga qarshi? Qur’a oldidan ehtimoliy juftliklar

Chempionlar ligasi 1/8 finalida kim kimga qarshi? Qur’a oldidan ehtimoliy juftliklar

Chempionlar ligasining 1/8 finalida kimlar o‘zaro o‘ynashi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Turnirning o‘tish bosqichidan (pley-off) «Real», «PSJ», «Atalanta», «Galatasaroy», «Budyo-Glimt», «Bayer», «Nyukasl» va «Atletiko» jamoalari muvaffaqiyatli o‘tishdi. Ular umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra kuchli sakkizlikka (top-8) kirgan jamoalarga qo‘shilishadi.

Chempionlar ligasining 1/8 finaliga qur’a tashlash marosimi 27 fevral kuni Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Qur’a jarayonida har bir jamoada ikkita raqibdan birini tanlash imkoniyati bo‘ladi. Jamoalar umumiy bosqich natijalariga ko‘ra quyidagi juftliklarga birlashtirilgan:

  • «PSJ» yoki «Nyukasl» — «Barselona» yoki «Chelsi»

  • «Galatasaroy» yoki «Atletiko» — «Liverpul» yoki «Tottenxem»

  • «Real» yoki «Budyo-Glimt» — «Sporting» yoki «Manchester Siti»

  • «Atalanta» yoki «Bayer» — «Arsenal» yoki «Bavariya»

Kiritildi: Bugun 13:38. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!