Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Chempion talabalarni tayyorlagan o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri navbatdagi ilmiy unvon beriladi

Chempion talabalarni tayyorlagan o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri navbatdagi ilmiy unvon beriladi

2020 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. 

Farmon bilan jismoniy tarbiya va sport tizimini isloh qilishning 2025 yilgacha asosiy yo‘nalishlari belgilandi:

? jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug‘ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish;

? davlat sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan, oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha yetkazish;

? joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof to‘rt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

? OTM talabalari o‘rtasida “Talabalar sport o‘yinlari”ni tashkil etish;

?  “Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa” ko‘rik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman/shahar, hudud, respublika) o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumta’lim maktabi, professional va oliy ta’lim muassasasi nominasiyasini joriy etish va boshqalar.

Oliy ta’lim muassasalari kamida bittadan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi.

Ta’lim muassasalarining sport inshootlarini, ularda rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha investisiya majburiyatini olgan holda, o‘quv mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtda tadbirkorlik sub’ektlariga foydalanishga berishga ruxsat etildi.

✅ 2020 yil 1 fevraldan boshlab sport sohasidagi yutuqlarni munosib ravishda rag‘batlantirish maqsadida:

? olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar O‘zR Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan OTMlarga (tibbiyot yo‘nalishidan tashqari) qo‘shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;

? “Bolalar sport o‘yinlari”ning jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblariga (1-o‘rin) OTMlarga kirish imtihonlarida soha bo‘yicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat beriladi;

? olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika (1-o‘rin) va xalqaro musobaqalarda (Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida (1-3 o‘rinlar) g‘olib chiqqan OTM talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi kafedralar o‘qituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlar (dosent, professor) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi.

2020/2021 o‘quv yiliga qadar OTMlarning jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va fan dasturlari takomillashtiriladi hamda bitiruvchilarga jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va ixtisoslashgan sport turi bo‘yicha trener kvalifikasiyasini berish amaliyoti joriy etiladi.

Kiritildi: 11:05 25.01.2020. O'qildi: 1872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!