Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

“Chelsi” “Real” qiziqish bildirgan futbolchi bilan kelishuvga erishdi

“Chelsi” “Real” qiziqish bildirgan futbolchi bilan kelishuvga erishdi

Londonning “Chelsi” klubi “Kristal Pelas” yarim himoyachisi Adam Uortonni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin 21 yoshli futbolchini sotib olish imkoni yo‘q. Biroq “Chelsi” kelajakda Uorton transferini amalga oshirishni rejalashtirgan. Futbolchining o‘zi ham “aristokratlar” safiga o‘tishga rozilik bildirgan. Ammo vaqtning qisqaligi sababli u yana bir mavsum “Kristal Pelas”da qolib, keyingi yil “Chelsi”ga o‘tishini ma’lum qilgan.

Avvalroq OAV Madridning “Real” klubi ham Uortonga qiziqayotgani haqida yozgandi. Shuningdek, Angliyaning boshqa bir klubi “Liverpul” ham yarim himoyachi transferini o‘rgangan. “Kristal Pelas” esa futbolchini 80 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormasligini bildirgan.

Adam Uorton 2024-yil fevralidan beri “Kristal Pelas” safida to‘p surmoqda. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalar doirasida 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning qiymatini 45 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 10:54 31.08.2025. O'qildi: 844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!