Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Chelsi" 74 ta qoidani buzganlikda ayblandi

"Chelsi" 74 ta qoidani buzganlikda ayblandi

Angliya futbol assosiasiyasi (FA) Londonning "Chelsi" klubini agentlar bilan ishlash qoidalarini buzganlikda aybladi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"Chelsi" 2009 yildan 2022 yilgacha agentlarni tartibga solish bo‘yicha FA qoidalarini 74 marta buzganlikda ayblangan.

Bu asosan 2010/2011-2015/2016-yilgi mavsumlarga to‘g‘ri keladi, o‘shanda klubni Roman Abramovich boshqargan. "Chelsi"da javob berish uchun 19 sentyabrgacha vaqt bor", - deb yozadi Jeykobs.

"Chelsi" Angliya Premyer-ligasi-2025/2026 mavsumi turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa uchta o‘yinda yettita ochko to‘pladi. Birinchi o‘rinda "Liverpul" (9).

Kiritildi: 10:58 12.09.2025. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!