Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Cheksiz jinoyatlar: Isroil Jabaliya lageridagi 20 kunlik qamalda 770 dan ortiq odamni o‘ldirdi

Cheksiz jinoyatlar: Isroil Jabaliya lageridagi 20 kunlik qamalda 770 dan ortiq odamni o‘ldirdi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 384 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Dayr al-Balah, Jabaliya va Burayj lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 42 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 42 792 kishi shahid bo‘ldi.

▪️G‘azo hukumati: G‘azo shimolida fuqarolik mudofaasi ishlari butunlay to‘xtadi - vaziyat halokatli darajada. Jabaliya lageridagi 20 kunlik qamalda 770 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 1000 kishi yaralandi.

▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliyadagi ishg‘ol qo‘mondonligi qarorgohiga qarshi muvaffaqiyatli operasiya o‘tkazdi. Shtab ichida bo‘lganlar yo‘q qilindi va yaralandi.

▪️“Hizbulloh” Tel-Avivdagi harbiy zavodga zarba berdi, shuningdek, Hayfa, Margaliot va Ramiyaga raketalarni uchirdi. Jami 28 ta “Merkava” tanki va 4 ta harbiy buldozer yo‘q qilindi. 70 dan ortiq bosqinchilar halok bo‘ldi, 600 nafari yaralandi.

▪️Isroil Livanda 17 marta zarba berdi, ularning aksariyati Bekaa vodiysidagi suriyalik qochqinlar lagerlari va Bayrutdagi Al-Mayadeen mediaxoldingi ofisiga zarba berdi. 24 soat ichida 28 kishi vafot etdi. Halok bo‘lganlar orasida uch Livan armiyasi askari ham bor.

▪️Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroil bombardimonlari natijasida halok bo‘lganlar soni 2574 kishiga yetdi, 12001 kishi jarohat oldi.

▪️Bu kecha bosqinchilar Suriyaning Damashq va Homs shaharlariga ham hujum qildi. 1 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi yaralandi.

▪️Isroil armiyasi Livandagi to‘qnashuvlarda 3 askarining o‘lgani, 3 tasining yaralanganini e’lon qildi.

▪️Iste’fodagi Isroil generali Isxak Brik: Quruqlikdagi kuchlarimiz juda kichik va bir nechta frontda jang qila olmaydi. Hali HAMASni yengishga ulgurgani yo‘q. Agar ko‘p frontli mintaqaviy urush boshlansa, Isroil armiyasi ko‘plab quruqlikdagi frontlarda jang qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu ham juda qiyin ko‘rinmoqda.

▪️Al Jazeera jurnalisti Anas Sharif Isroil tomonidan "qurolli guruhlar bilan aloqada bo‘lish"da ayblangan olti muxbir orasida.

▪️AQSH-Britaniya jangovar samolyotlari Yamanning Hudayda aeroportini bombardimon qildi.

Kiritildi: Bugun 16:00. O'qildi: 350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!