AQSh davlat kotibi Marko Rubio Myunxen xavfsizlik konferensiyasida global tartibni ustuvor qo‘yish g‘oyasi “ahmoqona” bo‘lganini ta’kidladi.
Uning asosiy bayonotlari quyidagilardan iborat:
🔸AQSh Yevropaning kuchli va mustaqil bo‘lishini istaydi.
🔸 G‘arbdagi ommaviy migrasiya mislsiz darajaga yetgan va bu davlatlarning birdamligi hamda kelajagiga tahdid solmoqda.
🔸AQSh va ittifoqchilar suverenitetning bir qismini xalqaro institutlarga topshirib, ijtimoiy ta’minotga ko‘p mablag‘ yo‘naltirgani sabab mudofaa salohiyati zaiflashgan.
🔸BMT katta salohiyatga ega bo‘lsa-da, dolzarb masalalarda aniq yechim taklif qila olmayapti.
🔸BMT Ukrainadagi mojaroni to‘xtata olmadi, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar esa AQSh vositachiligida amalga oshirildi.