Senatda ma’qullangan qonun bilan Jinoyat kodeksi yangi 223¹-modda bilan to‘ldirilmoqda. Unga ko‘ra, chegaradan yashirincha o‘tish maqsadida tunnel qazish, qurish yoki undan foydalanish bilan bog‘liq harakatlar uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Eng muhimi, javobgarlik faqat tunneldan foydalanganlarga emas. Uni qazish yoki qurishni tashkil qilgan, moliyalashtirgan va bu jarayonga aloqador bo‘lgan shaxslar ham qonun oldida javob beradi.