Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Chechenistonlik bokschi Abu Yusupov Berlinda o‘ldirildi

Chechenistonlik bokschi Abu Yusupov Berlinda o‘ldirildi

39 yoshli «engilmas» bokschi, Chechenistonda tug‘ilgan Abu Yusupov (9-0-1) Germaniyadagi vokzalda o‘ldirildi, deya xabar beradi Tagesspiegel nashri.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 10 iyun kuni sodir bo‘lgan. Yusupov Berlinning Gesundbrunnen tumanidagi vokzalda janjalga kirishgan. Janjal davomida Abuning bo‘yniga pichoq sanchishgan va bokschi halok bo‘lgan. Qolgan tafsilotlar noma’lum.

Butunjahon bokschilar kengashi (WBC) chechen bokschining o‘limiga munosabat bildirdi: «WBC Abu Yusupovning vafoti munosabati bilan qayg‘uda. Abuning rafiqasi va uch nafar yosh farzandi bor. Uning boksga bo‘lgan muhabbati har doim yodimizda qoladi. WBC oilasi va uning prezidenti Maurisio Suleyman bokschining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi».

Yusupov o‘z janglarida Germaniya bayrog‘i ostida qatnashgan. U professionallar safiga 2020 yilda qo‘shilgan. Oxirgi jangini 2025 yil yanvarda o‘tkazib, Georgiy Kandelakini hakamlar qarori bilan mag‘lub etgandi.

Kiritildi: 09:00 18.06.2025. O'qildi: 1234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!