Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov xabar berdi.
"Bugun soat 6:30 da Gudermesda dron hujumi natijasida Rossiya maxsus kuchlari universiteti hududidagi bo‘sh binoning tomida yong‘in yuzaga keldi. Tergov organlari hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab, jinoyatga aloqador shaxslarni aniqlashga kirishdi. Universitet faoliyati to‘xtatilmagan, barcha xizmatlar odatdagidek ishlamoqda", — deya xabar berdi Checheniston rahbari.