Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Checheniston kuch ishlatar tuzilmalari tomonidan o‘g‘rilab ketilgan Areg Shepixin qo‘yib yuborildi

Checheniston kuch ishlatar tuzilmalari tomonidan o‘g‘rilab ketilgan Areg Shepixin qo‘yib yuborildi

Shepixinning ma’lum qilishicha, uni tun yarimlarida qo‘yib yuborishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uni kuch bilan olib ketishlaridan avval polisiyaga qo‘ng‘iroq qilgan, lekin huquqni muhofaza qilish organlari yetib kelishga ulgurmagan.

"Qo‘pol qilib aytganda, meni o‘g‘irlab ketishdi, shahar tashqarisiga olib borishdi. Qattiq qiynashmadi, asosan so‘roq qilishdi. Menga yoqmagani – xotinim va ota-onamning manzilini bilishni istashgani bo‘ldi. Bundan tashqari, mendan Ukraina va muxolifat bilan aloqalarim haqida so‘rashdi", – dedi Shepixin o‘z videomurojaatida.

Shuningdek, Shepixin bir yilcha vaqt davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali unga tahdid qilib kelinganini, oxiri chiday olmay chechenlar va musulmonlarni haqorat qilganini aytdi.

Kiritildi: 15:41 04.06.2025. O'qildi: 952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!