Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

G‘alla bo‘yicha kelishuv muvaffaqiyati Moskva va Kiyev o‘rtasida ishonch muhiti bo‘lib xizmat qiladi,-Chavusho‘g‘li

G‘alla bo‘yicha kelishuv muvaffaqiyati Moskva va Kiyev o‘rtasida ishonch muhiti bo‘lib xizmat qiladi,-Chavusho‘g‘li

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li “G‘alla bitimi” don eksporti, jumladan, Rossiyadan ham to‘siqlarni olib tashladi.

"Umid qilamizki, don eksporti muvaffaqiyatsizliklarsiz amalga oshiriladi. Bitim nafaqat Ukrainadan, balki Rossiyadan ham g‘alla uchun to‘siqlarni olib tashladi", dedi u gruziyalik hamkasbi Darchiashvili bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, g‘alla bo‘yicha kelishuv muvaffaqiyati Moskva va Kiyev o‘rtasida ishonch muhiti bo‘lib xizmat qilishi mumkin, bu esa inqirozni bartaraf etishga yordam beradi.

Chavusho‘g‘li, shuningdek, o‘z mamlakatining Rossiya Federasiyasi va Ukraina o‘rtasida har qanday darajada bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchrashuvlar uchun platforma bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 19:11 28.07.2022. O'qildi: 3051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!