Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Chavusho‘g‘li: Bu urushda g‘olib bo‘lmaydi

A A A
Chavusho‘g‘li: Bu urushda g‘olib bo‘lmaydi

Turkiya Ukrainada keskinlik kuchayganidan xavotirda. Bu hamma uchun salbiy oqibatga olib keladi, bir qator G‘arb davlatlari ayni vaziyatda g‘olib bo‘lmasligini tushunishi kerak, dedi ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li.

– Biz ikki tomon ham hujumga tayyorlanayotganini ko‘ryapmiz, – dedi mulozim “A Haber” nashriga bergan intervyusida. – Jangovar hududga qurol va ishchi kuchi yuborilmoqda. Bir qator davlatlar Ukrainaga og‘ir qurol berdi. Ukraina o‘z hududlarini qaytarib olmoqchi, Rossiya referendum o‘tkazishini e’lon qildi. Afsuski, keskinlik kuchayishini kutyapmiz.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara bir tomondan Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi. Ikkinchi tomondan vositachi sifatida, jumladan, “don kelishuvi” bo‘yicha faol ishlayapti.

– Tanglik kuchayishi hamma uchun salbiy oqibatga olib keladi, – deya qo‘shimcha qildi Chovusho‘g‘li. – O‘tgan hafta Bryusselda NATO yig‘ilishida qatnashib, yevropalik hamkorlarimizni diqqat bilan tingladik. Turkiya rahbari boshidanoq aytgan: urushda g‘olib bo‘lmaydi, tinchlikdan hech kim yutqazmaydi. Muloqot davrasiga qaytish shart. Bir qator g‘arb davlatlari bu raqobatda g‘olib bo‘lmasligini, faqat muzokara orqaligina natijaga erishish mumkinligini tushunishi kerak.

Kiritildi: 06:14 12.04.2023. O'qildi: 1614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!