The Times nashrining yozishicha, ChatGPT sun’iy intellekt xizmati ishga tushirilganidan beri yangi boshlovchilar uchun e’lon qilinayotgan ish o‘rinlari soni deyarli uchdan birga kamaygan.
Ish qidirish platformasi Adzuna ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil noyabr oyidan (ChatGPT taqdim etilgan vaqt) buyon:
bitiruvchilar,
stajyorlar,
amaliyotchilar va
oliy ma’lumot talab etilmaydigan yosh mutaxassislar uchun e’lonlar 31,9% ga qisqargan.
Eng katta qisqarish chakana savdo sohasida — 78,2%. Shuningdek:
logistika va omborxona ishlari,
ma’muriy xizmatlar sohasida ham keskin kamayish qayd etilgan.
Ko‘plab kompaniyalar ochiqchasiga sun’iy intellekt yordamida shtatni qisqartirish rejalari borligini bildirgan.
Anthropic kompaniyasi (Claude AI chat-botini ishlab chiqqan) rahbari Dario Amodeyning aytishicha, kelgusi 5 yil ichida sun’iy intellekt ofisdagi yangi xodimlarning yarmidan ko‘pini ishsiz qoldirishi mumkin. Bu esa 10–20% darajadagi ishsizlikka olib kelishi ehtimoli bor.