Pavel Durov Charli Kirkning o‘ldirilishini butun dunyo bo‘ylab so‘z erkinligiga qarshi hujum deb baholadi.
"So‘z erkinligi butun dunyoda xavf ostida qolmoqda, - deb ta’kidladi Durov. - Agar biz so‘z erkinligini yo‘qotsak, uning ortidan boshqa erkinliklar ham yo‘qoladi."
Telegram asoschisi "Charlining so‘z erkinligini himoya qilish missiyasini davom ettirish" zarurligini alohida qayd etdi. Uning fikricha, ochiq munozaralar uchun kurashgan Kirk "haqiqat dushmanlari"da qo‘rquv uyg‘otgan edi.