Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Centyabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi ko‘rib chiqildi

Centyabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning sentyabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Monitoring natijalari 8 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi*.

Shunday qilib, olmaning minimal narxi 28,2 foiz, pomidorniki 18,7 foiz, karamniki 15,9 foiz, limonniki 13,8 foiz, grechkaniki 5,9 foiz, tovuq go‘shtniki (file) 3,1 foiz, sariq piyozniki 2,0 foiz, shakarniki 1,6 foiz pasaygan.

9 nomdagi mahsulotning minimal narxlari oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha kartoshka yetakchi bo‘ldi. Bu esa mavsumiy omil bilan bog‘liq.

4 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Ularning orasida bug‘doy uni, guruch, qizil sabzi va tuxum.

*tahlil 8-avgust va 12-sentyabr kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilindi.

Kiritildi: Bugun 09:51. O'qildi: 264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!