AQShning Erondagi nishonlari Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) qo‘mondonlik punktlari, havo hujumidan mudofaa vositalari va harbiy aerodromlar bo‘lgan, deb xabar bermoqda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM).
«Zarbalardan ko‘zlangan maqsad — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining qo‘mondonlik va nazorat ob’ektlari, Eron havo hujumidan mudofaa vositalari, raketa va uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirish maydonchalari, shuningdek, harbiy aerodromlar bo‘ldi», — deyiladi bayonotda.