Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Cayyoradagi yorlar degradasiyasi jaxon iktisodiyotiga yalpi 880 milliard dollar zarar keltirimokda

Cayyoradagi yorlar degradasiyasi jaxon iktisodiyotiga yalpi 880 milliard dollar zarar keltirimokda

Sayyoradagi yerlarning degradasiyasi xavfli sur’atlarda davom etmoqda va har yili jahon iqtisodiyotiga deyarli 880 milliard dollar zarar yetkazmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bugun Qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurash kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurg‘oqchilik odamlarni uylardan ko‘chishga majbur qilmoqda va oziq-ovqat tanqisligi muammosini kuchaytirmoqda.

Erga yetkazilgan zararni bartaraf etish katta foyda keltiradi, jumladan investisiyalarning yuqori daromad keltirishi, dedi Guterrish. Bunday faoliyat qashshoqlik darajasini kamaytirishi, ish o‘rinlari yaratishi, suv zaxiralarini saqlab qolishi, oziq-ovqat ishlab chiqarishni himoya qilishi va yer huquqlari hamda daromadlarni, ayniqsa kichik fermerlar va ayollar uchun yaxshilashi mumkin.

Bu yilgi Qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurash kuni mavzusi — «Erlarni tiklaymiz. Imkoniyatlarni ochamiz».

“Men hukumatlarni, biznes doiralarini va jamoalarni yer resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha umumiy global majburiyatlarimizni tezroq bajarishga, yer degradasiyasini teskari qaytarishga va yerlarni tiklash uchun moliyalashtirishni oshirishga chaqiraman,” — dedi Antoniu Guterrish.

Kiritildi: 15:47 17.06.2025. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!