Maoshlar to‘lanishidagi kechikish UzASBO-2 tizimiga o‘tishda yuzaga kelgan texnik nosozliklar bilan bog‘liq. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ish haqini belgilangan muddatlarda (5 ish kunida) to‘lab berish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
“Bugungi kunda ushbu nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi hamda UzASBO-2 tizimi orqali byudjet tashkilotlarining dekabr oyi ikkinchi yarmi uchun 35 foiz byudjet tashkilotlarining ish haqlari moliyalashtirib berilishi ta’minlandi.
Ish haqini to‘lash jarayonida UzASBO-2 tizimining bir maromda ishlashi uchun mutaxassislar tomonidan monitoring olib borilmoqda va ish haqini belgilangan muddatlarda (5 ish kunida) moliyalashtirib berish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda”
, – deyiladi vazirlik xabarida.