Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Buyuk Depressiya nima uchun shunchalik yomon bo‘lgan?

Buyuk Depressiya nima uchun shunchalik yomon bo‘lgan?

Buyuk Depressiya AQSh va g‘arbiy dunyo tarixida eng chuqur va eng yomon inqiroz edi. Lekin o‘sha inqirozni yomon tomoni, bu nafaqat ko‘plab odamlar bir paytda qashshoq bo‘lib ishsiz qolganida, balki, inqiroz ko‘p yillar davom etganidadir. Ya’ni, AQShning tarixida boshqa inqirozlar ko‘p bo‘lgan, masalan 1980 yillar inqirozlari, ular uzoq cho‘zilmagan, bir necha yilni ichida iqtisodiyot inqirozdan avvalgi raqamlarga kelib qolgan.

Lekin oxirgi inqiroz: AQShdagi 2007 yildagi moliyaviy inqirozdan keyin, inqirozdan avvalgi darajaga yetib kelishi uchun 7 yil (!) ketgan.

Hozirgi inqirozda muammo nafaqat inqirozning keskinligida, balki inqirozdan chiqish uchun bir necha o‘n yilliklar ketishi mumkinligida, agar shunday bo‘lsa, odamlar ancha qiynalib qolishadi.

Shuning uchun ham, hoziroq, inqirozdan chiqish choralari keng va to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi kerak. Choralar o‘z vaqtida qilinganligi va ularning maqsadliligi inqiroz qancha davom etishiga bevosita ta’sir qiladi.

Sof.uz ma’lumotnomasi:

Buyuk Depressiya (inglizcha Great Depression) — dunyo iqtisodiy inqirozi, 1929 yili AQShda birja buhronlaridan boshlanib, 1939 yilgacha davom etgan. Eng tahlikali holat 1929-1933 yillarda kuzatilgan. 1930-yillar umumiy ma’noda Buyuk Depressiya davri hisoblanadi.

Buyuk Depressiya AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar iqtisodini tang ahvolga keltirgan. Asosan sanoatga ixtisoslashgan shaharlar eng ko‘p zarar ko‘rgan, ko‘p davlatlarda qurilishlar butkul to‘xtagan.

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

 

Kiritildi: 07:24 28.04.2020. O'qildi: 5810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!