Buyuk Britaniya qiroli Charlz III sobiq futbolchi Devid Bekhemni risarlik unvoni bilan taqdirladi, deb xabar bermoqda The Daily Mail.
Nashrning ma’lum qilishicha, Devid Bekhemga risar unvoni Britaniya futboli va jamiyati oldidagi mehnatlari uchun topshirilgan.
Bekhem risarlik unvonini olganidan cheksiz faxr tuyayotganini bildirdi.
Vindzor qasrida o‘tkazilgan marosimda unga marosimda turmush o‘rtog‘i sobiq qo‘shiqchi, ayni paytda moda sohasida faoliyat yuritadigan Viktoriya Bekhem, shuningdek, ota-onasi Sandra va Devid hamrohlik qilgan. Endilikda futbolchi ser, uning turshum o‘rtog‘i esa ledi maqomiga ega bo‘ldi.