Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson 1991 yilgi chegaralarni Ukrainaga qaytarish talabidan voz kechishni taklif qilmoqda

A A A
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson 1991 yilgi chegaralarni Ukrainaga qaytarish talabidan voz kechishni taklif qilmoqda

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson 1991 yilgi chegaralarni Ukrainaga qaytarish talabidan voz kechishni taklif qilmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri bu haqda Donald Tramp bilan muzokaralariga bergan sharhida qayd etdi.

Jonsonning fikricha, Tramp Ukrainaning mag‘lubiyati AQSh uchun katta mag‘lubiyat bo‘lishini tushunadi. Putin esa, o‘z navbatida, bir vaqtlar SSSR tarkibida bo‘lgan mamlakatlar uchun tahdidga aylanadi. Ayni paytda Xitoydan Tayvanga, “Hizbulloh” tomonidan esa Isroilga bevosita tahdid yuzaga keladi. Qo‘shma Shtatlar esa ikki yo‘ldan birini tanlashi kerak bo‘ladi: yo dunyo yetakchiligidan voz kechish, yoki urushga kirishish.

"Tramp urushni Ukraina va G‘arbga qulay shartlar asosida tugatishi mumkin. Bu shartlarlar qatorida Ukrainaga 2022 yil 24 fevral holatidagi hududlar nazoratini qaytarish (ya’ni, 1991 yilgi chegaralar talabidan voz kechish) va Ukrainaning Yevropa Ittifoqi hamda NATOga a’zo bo‘lishi kabilarni qayd etish mumkin. Buning uchun Tramp tomonidan Ukrainaga harbiy yordam hajmi oshirilishi va Rossiya hududiga G‘arb qurollari bilan zarba berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bekor qilishi kerak", — deya fikr bildiradi Jonson.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda yaxshi qurollangan Ukraina armiyasi Yevropadagi Amerika kontingentining o‘rnini egallashi mumkin, bu esa Trampga mablag‘larni tejash, amerikalik askarlarni yurtiga qaytarish va Yevropani o‘zining mudofaa qobiliyati uchun ko‘proq harakat qilishga undash imkonini beradi.

Jonson Putinga "kompensasiya" sifatida Ukrainada “rus tilida so‘zlashuvchilar uchun maxsus himoya” joriy etishni, shuningdek, Rossiya G7 davlatlari va NATOning hamkori bo‘lgan davrlardagi kabi AQShning Rossiya bilan munosabatlarini global tarzda tiklashni taklif qilmoqda.

Kiritildi: 10:19 21.07.2024. O'qildi: 2378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!