Buyuk Britaniyada Britaniya kino va televizion san’ati mukofotini topshirish bo‘yicha 71-marosim bo‘lib o‘tdi. Hay’at mamlakatning eng yaxshi dramatik seriali sifatida Killian Myorfi ishtirokidagi “O‘tkir soyabonlar” filmini tan oldi. Bu haqda mukofot saytida ma’lum qilingan.
Serial 1920 yillarda Angliyaga kelib joylashgan Birmingemdagi lo‘lilar to‘dalari haqida hikoya qiladi. Serial real voqealarga asoslangan. Uning yaratuvchilari to‘rtta mavsumni taqdim etgan, beshinchi mavsumning taqdimoti 2019 yilga rejalashtirilgan.
“Eng yaxshi xorijiy serial” nominasiyasida Elizabet Moss ishtirokidagi “Xizmatkor hikoyasi” filmi g‘olib bo‘lgan. U Margaret Etvudning shu nomli asariga asoslangan va jahon inqirozi oqibatida AQSh hududida paydo bo‘lgan antiutopik totalitar davlatdagi ayolning taqdiri haqida hikoya qiladi.
Manba: daryo.uz