Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Britaniyada so‘nggi dinozavrlarning oyoq izlari topildi

Buyuk Britaniyada so‘nggi dinozavrlarning oyoq izlari topildi

Buyuk Britaniya paleontologlari Yerda yashagan so‘nggi dinozavrlarning oyoq izlarini topdi. Bu haqda «Proceedings of the Geologists Association»ga tayanib, «MIR24» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, olimlar eng yosh deya taxmin qilayotgan oyoq izlari topilganidan so‘ng darhol tadqiqot o‘tkazgan va ularning 110 million yillik tarixga ega ekanini aniqlagan. Shuningdek, izlarning 6 dinozavr turiga mansubligi ma’lum bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Angliyada 100 dan ortiq dinozavr turlari yashagan. Izlar esa asosan Angliyaning janubida qayd etilgan. Shuningdek, Uels va Shotlandiyada ham bir qancha dinozavrlarning oyoq izlari hamda suyak qoldiqlari aniqlangan.

Kiritildi: 13:53 24.06.2021. O'qildi: 1423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!