Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniyada ilk bor Konstitusiya paydo bo‘ladi

Buyuk Britaniyada ilk bor Konstitusiya paydo bo‘ladi

​Yangi bosh vazir Endi Byornhem mamlakatning asosiy qonunini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi.

​Uning so‘zlariga ko‘ra, vakolatlarning bir qismini hududiy hokimiyat organlariga topshirish "yangi konstitusiyaviy tuzilish"ga hamda "mamlakatni boshqarish tamoyillarining aniq to‘plami" shakllanishiga olib kelishi kerak.

Hozirda Buyuk Britaniyada Konstitusiya mavjud emas. Davlat boshqaruvi tizimi qonunlar, sud qarorlari va xalqaro shartnomalarga asoslangan.

​Euractiv nashrining qayd etishicha, Konstitusiyani kodifikasiya qilish bir necha yil vaqt olishi va keng ko‘lamli jamoatchilik muhokamalarini talab qilishi mumkin.

Kiritildi: 12:06 04.08.2026. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!