Buyuk Britaniyada 24 soatdan kamroq vaqt ichida ikkinchi poyezd relsdan chiqib ketdi - bu safar Angliyaning janubi-sharqidagi Esseks okrugida.
Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra, hodisa juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 dan ko‘p o‘tmay, Uikford shahri yaqinida sodir bo‘lgan.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdning orqa vagonlari relsdan chiqib ketgan, ammo tik turgan.
Britaniya transport polisiyasi, tez tibbiy yordam xodimlari va o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib kelishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada hech kim jabrlanmagan.
Relsdan chiqib ketish sababi va hodisa holatlari tekshirilmoqda.