Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Buyuk Britaniya va Fransiya tinchlik kelishuvi tuzilsa, Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyor — BBC

Buyuk Britaniya va Fransiya tinchlik kelishuvi tuzilsa, Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyor — BBC

Buyuk Britaniya va Fransiya Rossiya bilan tinchlik kelishuvi tuzilgan taqdirda Ukraina hududiga harbiy kuchlar joylashtirish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Parijda Ukraina ittifoqchilari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng bildirdi.

Uning aytishicha, tomonlar Ukrainada kelgusida ehtimoliy hujumlarni oldini olish maqsadida harbiy infratuzilma markazlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa minglab harbiy xizmatchilar joylashtirilishi mumkinligini bildirdi.

Uchrashuv ishtirokchilari Ukraina uchun kuchli xavfsizlik kafolatlari masalasida umumiy kelishuvga yaqinlashgan. Shuningdek, ehtimoliy sulhni nazorat qilishda AQSh yetakchi rol o‘ynashi taklif qilinmoqda. Biroq hududlar masalasi hali ham muzokara qilinayotgan eng murakkab jihat bo‘lib qolmoqda.

Rossiya tomoni esa Ukrainada har qanday xorijiy qo‘shinlarni «qonuniy nishon» deb hisoblashini bir necha bor ta’kidlagan. Moskva hozircha Parijdagi bayonotlarga rasmiy munosabat bildirmadi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy muzokaralarni «katta qadam» deb baholab, ular faqat urushga barham berishga olib kelgan taqdirdagina yetarli bo‘lishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik kelishuvi deyarli 90 foizga tayyor, qolgan masalalar esa Ukraina va Yevropa taqdirini hal qiladi.

Kiritildi: 14:16 07.01.2026. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!