Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya va YEI mudofaa hamkorligi bo‘yicha shartnoma imzoladi

Buyuk Britaniya va YEI mudofaa hamkorligi bo‘yicha shartnoma imzoladi

Buyuk Britaniya va YEI mudofaa hamkorligi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

"2025 yil 19 may kuni imzolangan yirik bitim doirasida Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlik, baliq ovi va energetika yo‘nalishlarida kelishuvga erishdi. Bu Brexit'dan so‘ng London va Bryussel munosabatlaridagi eng muhim qadamlardan biridir", deya xabar bermoqda agentlik.

Politico nashrining yozishicha, mazkur mudofaa shartnomasi gibrid urushlar, kiberxavfsizlik, muhim infratuzilmalarning barqarorligi va dengiz xavfsizligi kabi masalalarni qamrab oladi. Nashrga ko‘ra, eng katta va muhim rejalar energetika sohasiga taalluqli, Buyuk Britaniya amalda Yevropa Ittifoqining yagona elektr energiyasi bozoriga qaytib, ushbu sohada YEI qoidalariga amal qiladi.

Bundan tashqari, yevropalik baliqchilar uchun kelgusi 12 yilgacha, ya’ni 2038 yilgacha Buyuk Britaniya suvlarida baliq ovlash huquqini mustahkamlovchi kelishuv ham imzolandi.

Shartnoma imzolangandan so‘ng Londonda YEI sammiti boshlandi. Unda Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa Kengashi prezidenti Antoniu Koshta ishtirok etdi.

Kiritildi: 18:46 19.05.2025. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!