Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini 45 bandga kengaytirdi. Ro‘yxatga Belarus, Xitoy, Serbiya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekiston korxonalari kiritilgan.
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini 45 pozisiyaga kengaytirdi. Bu haqda Britaniya hukumati xabarida aytiladi.
Hujjat matniga ko‘ra, Londonning sanksiyalar ro‘yxatiga quyidagilar kirgan:
• «Soyuz» samolyot dvigatellari ilmiy-texnika majmuasi direktorlar kengashi a’zolari;
• «Lanset» dronining dizayneri Aleksandr Zaxarov va uning oila a’zolari;
• BAAdan to‘rtta, Gonkongdan uchtadan, Turkiya va O‘zbekistondan bittadan kompaniya
• «Rusich» tashkiloti.