Bu haqda The Telegraph nashri ma’lum qildi.
Nashrning manbalariga tayanib yozishicha, bu chora Ukraina armiyasini “yangi bosqinning oldini olish” uchun tayyorlash va qayta shakllantirishga yordam berishi kutilmoqda. Ukraina hududiga qancha qo‘shin kiritilishi hozircha noma’lum.
Buyuk Britaniya va Fransiya muhokama qilayotgan variantlar orasida Ukrainaga “Evropa boshchiligidagi tinchlikparvar kuchlar”ni yuborish ham bor. Yevropa davlatlarining fikricha, bu birinchi navbatda Rossiyani tinchlik bitimini buzish fikridan qaytarishga qaratilgan.
"Evropa davlatlari “xohlovchilar koalisiyasi” doirasida quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborishdan tashqari, Ukraina havo va dengiz hududini himoya qilishni ta’minlamoqchi. Bunga erishish uchun qanday choralar ko‘rilishi hali aniqlashtirilmagan", deb yozadi The Telegraph.