Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniya Rossiyaning “soya floti”ga qarshi kurashni kuchaytiradi

Buyuk Britaniya Rossiyaning “soya floti”ga qarshi kurashni kuchaytiradi

bu haqda The Times xabar bermoqda.

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Jon Hili britaniyalik harbiylar Qo‘shma Shtatlarga Rossiyaga aloqador Marinera (Bella 1) nomli neft tankerini qo‘lga olishda yordam berganidan so‘ng “soya floti”ga qarshi choralar yanada qat’iylashtirilishini ma’lum qildi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Marinera AQShning Venesuelaga nisbatan joriy qilgan dengiz blokadasini yorib o‘tgach, London Vashingtonning ushbu tankerni qo‘lga olish bo‘yicha operasiyasida ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, AQSh Qurolli kuchlari Yevropa qo‘mondonligi Atlantika okeanida Rossiyaning Marinera neft tankeri qo‘lga olinganini tasdiqlagan edi.

Kiritildi: 17:28 08.01.2026. O'qildi: 1518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!