Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Buyuk Britaniya Rossiyaning “dezinformasion agentliklari” ga qarshi sanksiyalar joriy qildi

A A A
 Buyuk Britaniya Rossiyaning “dezinformasion agentliklari” ga qarshi sanksiyalar joriy qildi

“Agentstvo sosialnogo proyektirovaniya” agentligi, “Dialog”, “Struktura” kompaniyalar guruhi, shuningdek, ularning uch nafar boshqaruvchisi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

"Ushbu shaxs va tashkilotlar Ukraina va uning demokratiyasiga putur yetkazish hamda beqarorlashtirish uchun noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatishadi. Ular Kiyevga xalqaro qo‘llab-quvvatlashni zaiflashtirish maqsadida ta’sir o‘tkazish amaliyotlarini o‘tkazishdi", deyiladi tegishli bayonotda.

"Bugungi sanksiyalar biz sizning yolg‘on va noqonuniy aralashuvingizga toqat qilmasligimizni bildiradi", — deya sanksiyalarga izoh berdi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi.

Mart oyida Qo‘shma Shtatlar" Agentstvo sosialnogo proyektirovaniya” agentligi asoschisi Ilya Gambashidze va “Struktura” bosh direktori Nikolay Tupikinga "Rossiya prezidenti ma’muriyatining ko‘rsatmasi bilan xorijda zararli ta’sir ko‘rsatganlik" uchun sanksiyalar kiitgan edi.

Kiritildi: 20:54 28.10.2024. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!