Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qirollik hukumati ushbu sanksiyalar bo‘yicha batafsil bayonot e’lon qildi hamda yangilangan sanksiyalar ro‘yxatini taqdim etdi.

"So‘nggi sanksiyalar qamroviga Rossiyaning “harbiy mashinasi”ni, energiya resurslari eksportini va axborot urushini qo‘llab-quvvatlovchi tuzilmalar, shuningdek, Putinning bosqinini moliyalashtirishga yordam berayotgan moliyaviy muassasalar kiradi", deyiladi Britaniya hukumati bayonotida.

Xususan, London yana 14 nafar shaxsga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Ular “Ijtimoiy loyihalash agentligi” a’zolari sifatida tilga olinmoqda — bu tashkilot G‘arb davlatlari tomonidan Ukrainada va boshqa demokratik mamlakatlarda “Rossiyaning siyosiy aralashuvi uchun asosiy vositalardan biri” deb hisoblanadi.

Moliyaviy muassasalar orasida 46 ta kompaniya, shuningdek, Sankt-Peterburg valyuta birjasi va “Omonatchilarni sug‘urtalash agentligi” davlat korporasiyasi Britaniya sanksiyalariga uchradi.

Bundan tashqari London sanksiyalari Rossiya “soya floti”ga qarshi 18 ta kemani, shuningdek, Rossiya neftini tashish uchun kema sotib olgan britaniyalik Jon Maykl Ormerodni va bunday tankerlar kapitani bo‘lgan ikki rossiyalikni ham qamrab oladi.

Kiritildi: 17:53 20.05.2025. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!