Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniya Rossiya “soya flotiga” tegishli yana 135 ta kemaga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

 Buyuk Britaniya Rossiya “soya flotiga” tegishli yana 135 ta kemaga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

Buyuk Britaniya hukumati e’lon qilgan bayonotda aytilishicha, yangi sanksiyalar paketi "Rossiya energetika sektorining yuragiga zarba berib, Putinning Ukrainadagi noqonuniy urushini moliyalashtiruvchi neftdan olinuvchi daromadlarini cheklaydi.

Sanksiyalar “soya flotiga” tegishli 135 ta tankerga, shuningdek, Intershipping Services LLC va Litasco Middle East DMCC kompaniyalariga nisbatan joriy etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Intershipping Services “soya flotiga” tegishli kemalarni Gabon bayrog‘i ostida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun javobgar, Litasco Middle East esa “Lukoyl” kompaniyasiga aloqador.

"Putin vaqtni cho‘zishda va tinchlik bo‘yicha jiddiy muzokaralarni kechiktirishda davom etar ekan, biz qo‘l qovushtirib o‘tirmaymiz", — deya yangi sanksiyalarga izoh berdi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi.

Kiritildi: 23:18 21.07.2025. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!